Mahalliy

Samarqandda yosh parlament aʼzolarining konferentsiyasi ochildi

Samarqandda turli mamlakatlar vakillari va yosh parlament aʼzolari ishtirokida Yosh parlament aʼzolarining XII Global konferentsiyasi oʻz ishini boshladi.

Samarqandda 4 sentyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Yosh parlament aʼzolarining XII Global konferentsiyasi boshlandi.

Xalqaro forumda turli mamlakatlar vakillari va yosh parlament aʼzolari, shuningdek, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oqtam Salomov hamda bir qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida konferentsiya ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik yoʻllanmasi oʻqib eshittirildi.

Soʻngra Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva kirish soʻzi bilan chiqib, konferentsiyani rasman ochib berdi va uning ishtirokchilarini qutladi.

Konferentsiya dasturidan yoshlar va ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroki uchun muhim boʻlgan mavzularda ochiq muloqotlar va munozaralar oʻrin olgan.

Ishtirokchilar raqamli dunyoda yoshlar huquqlari, munosib mehnat va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari, iqlim oʻzgarishi, shuningdek, yoshlarning siyosiy jarayonlardagi roli va ishtirokini muhokama qilmoqdalar.

Konferentsiya doirasida xalqaro hamkorlikni taʼminlash uchun 168 nafar yosh koʻngilli tarjimonlar jalb etilgan.

Ular orasida Samarqand davlat chet tillar institutining magistrant va talabalari bor.

Yosh koʻngillilar ishtirokchilar oʻrtasida muloqotni taʼminlashga koʻmaklashmoqda, xorijlik mehmonlarga hamrohlik qilmoqda va xalqaro tadbirni tashkil etishda ishtirok etmoqda.

Yosh parlament aʼzolarining XII Global konferentsiyasi 6 sentyabrga qadar davom etadi.

Tadbir doirasida turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning xalqaro darajada qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki masalalarini koʻrib chiqmoqdalar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.