Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi qatnashchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Konferensiya 4-sentyabr kuni Samarqand shahrida ish boshladi. Davlat rahbarining konferensiya qatnashchilariga yo‘llagan tabrigini Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘qib eshittirdi.

“Bugun siyosat maydoniga o‘z so‘zi, o‘ktam ovozi bilan dadil kirib kelayotgan siz — yosh parlamentariylarni ushbu nufuzli tadbir munosabati bilan samimiy qutlash va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat mamnunman. Ming yillardan buyon tamaddunlar, xalqlar va g‘oyalarni birlashtirayotgan ko‘prik — ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga xush kelibsiz!

Yuqori maqomdagi anjumanning mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotganini Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik islohotlarga xalqaro hamjamiyat bergan yuksak baho deb qabul qilamiz”, deyiladi tabrikda.

Davlat rahbari bugungi muloqot o‘tgan yili Toshkentda tashkil etilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi kabi jonli fikr almashuvlar, yangi g‘oyalar va ilg‘or tashabbuslar ilgari suriladigan anjumanga aylanishiga ishonch bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoq doirasida yoshlarning davlat hamda jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengaytirishga qaratilgan Yoshlar va kelajak avlodlar to‘g‘risidagi Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilinishini olqishladi. Yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga doir ilg‘or tajriba bilan o‘rtoqlashish uchun O‘zbekiston maxsus platforma taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Konferensiya ishtirokchilarini 2027-yil O‘zbekistonda o‘tkaziladigan “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressiga taklif etdi.

Samarqanddagi anjuman doirasidagi muloqot va munozaralar ochiq, konstruktiv ruhda o‘tishiga, tasdiqlangan hujjatlar global tinchlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.