Samarqandda Malibu haydovchisi piyodalar oʻtish joyida sakkiz nafar piyodani urib yuborishiga bir bahya qoldi
Samarqandda Malibu avtomobili haydovchisi oʻtish joyida sakkiz nafar piyodaga yoʻl bermay, xavfli manyovr amalga oshirdi. Yoʻlni kesib oʻtayotganlar orasida bolalar aravachasi boʻlgan ayol ham bor edi. Hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Kadrlarda avtomobilning yuqori tezlikda piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashib kelgani va odamlarni urib yuborishiga bir bahya qolgani aks etgan. Piyodalar mashinani payqab qolishga va qochishga ulgurishgan […]

Samarqandda Malibu haydovchisi piyodalar oʻtish joyida sakkiz nafar piyodani urib yuborishiga bir bahya qoldi
Samarqandda Malibu avtomobili haydovchisi piyodalar oʻtish joyida sakkiz nafar piyodaga yoʻl bermay, xavfli manyovr amalga oshirdi. Yoʻlni kesib oʻtayotgan odamlar orasida bolalar aravachasi boʻlgan ayol ham bor edi.
Kadrlarda mashinaning katta tezlikda piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashib kelgani va odamlarni urib yuborishiga bir bahya qolgani aks etgan. Piyodalar avtomobilni payqab qolishga va toʻqnashuvdan qochishga ulgurishgan.
Samarqand viloyati YHXB maʼlumotlariga koʻra, hodisa 8 sentyabr kuni soat 22:20 da Samarqand shahrining Mirzo Ulugʻbek koʻchasida yuz bergan.
Malibu 2 haydovchisi piyodalarga yoʻl bermasdan, yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgani va sakkiz kishining hayoti hamda sogʻligʻiga xavf tugʻdirgani aniqlangan.
Haydovchining shaxsi aniqlandi. U bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Haydovchining oʻzi sodir boʻlgan voqeani shoshilayotgani, harakat vaqtida esa, uning soʻzlariga koʻra, tormozda muammo yuzaga kelgani bilan izohladi. U toʻqnashuvdan qochish uchun birinchi boʻlakdan uchinchi boʻlakka qayta tizilganini maʼlum qildi.
«Xudo asradi, piyodalarni urib yubormadim. Fuqarolardan, oʻsha piyodalardan va DAN xodimlaridan ming bor uzr soʻrayman. Bunday holat boshqa qaytarilmaydi. Qilgan ishimdan pushaymonman», — dedi haydovchi.
Erkakka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 128-10-moddasi («Yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi xavfli vaziyatning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan qoidabuzarlik») boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

