Samarqandda iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Jahon banki hamda Ekologiya va

Samarqandda iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Jahon banki hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamkorligida "FOLUR Uzbekistan Wheat Workshop" xalqaro seminari tashkil etildi.
Seminarda tuproq unumdorligini saqlash, qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga bardoshliligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda bug‘doy yetishtirishda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Ekologiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq degradatsiyasining oldini olish hamda tabiiy ekotizimlarni tiklashni nazarda tutuvchi kompleks yondashuv muhimligini ta’kidladi.
Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish, tuproq resurslarini asrash va qishloq xo‘jaligi hududlarining ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy yechimlarni muhokama qildilar.
Seminar yakunida FAO, Jahon banki va boshqa xalqaro hamkorlar bilan barqaror yerdan foydalanish, ekotizimlarni tiklash hamda ekologik xavfsiz qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini joriy etish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

