Mahalliy

Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Rustam Qobilov yangi tashkil etilgan Samarqand viloyati hokimining rasmiy delegatsiyalarning tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga

Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hokimning tegishli qaroriga muvofiq, Qobilov Rustam Rajabboyevich yangi tashkil etilgan Samarqand viloyati hokimining rasmiy delegatsiyalarning tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rustam Qobilov ushbu tayinlovga qadar viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Samarqand viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan, Suyunov Jo‘rabek Bahriddinovich Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jo‘rabek Suyunov mazkur tayinlovga qadar viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.