Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xorazm viloyati hokimligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Viloyat hokimining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 19-avgust kuni Sherzod Berdiyev Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U ushbu lavozimga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, Odilbek Ortiqov Gurlan tumani hokimi etib tasdiqlandi. U tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Anvar Davletov Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

