Saida Mirziyoyeva: Yangi qurilishlar Toshkentni rivojlantirishi kerak, qoʻshimcha disbalans yaratib, uning tizimlariga ortiqcha yuklama boʻlmasligi lozim
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva yirik meʼmorchilik loyihalari tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, shuningdek, yetakchi sohaviy studiyalar va oliy oʻquv yurtlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilganini maʼlum qildi.

Saida Mirziyoyeva: Yangi qurilishlar Toshkentni rivojlantirishi kerak, qoʻshimcha disbalans yaratib, uning tizimlarini zoʻriqtirmasligi lozim
Uning soʻzlariga koʻra, Toshkentning jadal oʻsishi shahar oldiga yangi vazifalarni qoʻymoqda.
«Toshkent shiddat bilan oʻsib bormoqda va biz mavjud shaharsozlik hamda ekologik muammolarni hisobga olgan holda uning kelajagi qanday boʻlishi haqida tobora koʻproq oʻylayapmiz», — deya taʼkidladi Saida Mirziyoyeva.
«Birgalikda biz muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obʼyektlarga tushadigan yuklamadan tortib, energiya va suv taʼminoti masalalarigacha boʻlgan koʻplab vazifalarni hal qilishimiz kerak. Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishi kerak, qoʻshimcha disbalans yaratib, uning tizimlarini zoʻriqtirmasligi lozim», — deya qoʻshimcha qildi Prezident administratsiyasi rahbari.
Shu tariqa, Toshkentni poytaxt aholisi va mehmonlari uchun yaxshiroq, goʻzalroq, tozaroq va xavfsizroq qilishga intilayotgan biznesni qoʻllab-quvvatlash davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

