Mahalliy

“Toshkent kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda” — Saida Mirziyoyeva

“Toshkent kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahri juda tez sur’atlarda kengayib borayotganini, shaharsozlik va ekologiyaga oid bugungi holatni hisobga olganda, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilishini aytdi.

Prezident administratsiyasi rahbarining ma’lum qilishicha, shu maqsadda qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

“Birgalikda yechim topishimiz kerak bo‘lgan masalalar talaygina – muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv ta’minoti muammolarigacha”, dedi Saida Mirziyoyeva.

U yangi qurilishlar shahar taraqqiyotiga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosibliklarni yuzaga keltirmasligi va hududiy tizimlarga ortiqcha bosim bermasligi kerakligini ta’kidladi.

“Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida bo‘lgan biznes vakillariga ko‘maklashamiz. Aynan shunday yondashuv Yangi O‘zbekiston siyosatiga to‘la mos keladi. Chunki bunday tashabbuskor biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash – prezidentimiz tomonidan zimmamizga yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biridir”, dedi Saida Mirziyoyeva.

Prezident administratsiyasi rahbari iyul oyi oxirlarida qurilishlar sabab poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilayotganini tanqid qilgandi. Toshkentdagi noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriq bergandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.