Saida Mirziyoyeva va Janett Rubio Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning rafiqasi Janett Rubioni Samarqandning tarixiy obidalari va milliy hunarmandchilik namunalari bilan tanishtirdi. U mehmonda Oʻzbekiston va oʻzbek xalqi haqida unutilmas taassurotlar qolishiga umid bildirdi.

Saida Mirziyoyeva va Janett Rubio Samarqanddagi tarixiy yodgorliklarni tomosha qildi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 19-oktabr kuni AQSH Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birga Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi.
«Qadrli mehmonimizni bu koʻhna va betakror shaharning boy tarixi, umrboqiy anʼanalari, shuningdek, mohir ustalarning sanʼati bilan tanishtirish niyatida unga hamrohlik qildim.
Janett xonim qalbida Oʻzbekiston va mehmondoʻst xalqimiz haqida unutilmas taassurotlar qoldi deb umid qilaman», deb yozdi.

