Mahalliy

Samarqandga Marko Rubio boshchiligida AQShning 100dan ortiq kompaniyalari vakillari delegatsiyasi tashrif buyuradi

Marko Rubio tashrifi davomida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi C5+1 vazirlar uchrashuvida qatnashadi

Samarqandga Marko Rubio boshchiligidagi AQShning 100 dan ortiq kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya keladi

Oktabr oyi oʻrtalarida Samarqand shahriga AQSH davlat kotibi Marko Rubio boshchiligida 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari vakillaridan tashkil topgan biznes delegatsiya tashrif buyuradi.

Qayd etilishicha, ushbu tashrifning maqsadi AQSH va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish hamda ikki tomonlama diplomatik va tijorat hamkorligini mustahkamlashdan iborat.

Marko Rubio safar davomida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadigan C5+1 vazirlar uchrashuvida qatnashadi.

Muzokaralarda mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, energetika xavfsizligini kuchaytirish hamda C5+1 doirasida mintaqaning umumiy ustuvor vazifalariga birgalikda yechimlar ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratiladi.

AQSH davlat kotibi, shuningdek, Oʻzbekiston rahbariyati va mintaqa davlatlari vakillari bilan savdo aloqalarini kengaytirish, xususiy sektor investitsiyalarini ragʻbatlantirish hamda Markaziy Osiyoda iqtisodiy modernizatsiyani qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.