Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev 18−19-oktabr kunlari Samarqandda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishadi. Dushanba kuni esa u Amerika — O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev 18−19-oktabr kunlari Samarqandda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yakshanba kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi, deya davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif davomida transport infratuzilmasi hamda zamonaviy shaharsozlik loyihalari bilan tanishish rejalashtirilgan.

19-oktabr, dushanba kuni davlat rahbari Amerika — O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.