Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7–9-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda boʻladi. U «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga safar qiladi

Prezident matbuot xizmati bergan maʼlumotga ko‘ra, tashrif Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Maslahat uchrashuvida siyosiy-diplomatik hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish va energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha qo‘shma choralar, madaniyat, taʼlim, ilm-fan va yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish ham kun tartibidan o‘rin olgan.

Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro masalalar, tinchlik, barqarorlik hamda xavfsizlikni taʼminlashga oid ustuvor vazifalar yuzasidan ham fikr almashadi.

MDH davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. MDH tashkil etilganining 35 yilligini nishonlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tadbirlar yakunida qo‘shma hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan. Tashrif davomida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.