Saida Mirziyoyeva: Kelishuvlarni investitsiyalar va yangi ish oʻrinlariga aylantirishimiz kerak
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yigʻilishi oʻtkazildi. Saida Mirziyoyevaga koʻra, unda yuzdan ortiq kompaniya vakillari bilan sarmoya kiritish, biznesni rivojlantirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Saida Mirziyoyeva: Kelishuvlarni investitsiyalar va yangi ish oʻrinlariga aylantirishimiz kerak
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kengashning tashkil etilishi ikki mamlakat oʻrtasidagi sheriklikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini taʼkidladi. U bildirilgan ishonch uchun Oʻzbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, tashabbusni qoʻllab-quvvatlagani, Oʻzbekistonga qaratayotgan eʼtibori va hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi uchun Marko Rubio, uning rafiqasi Janett hamda Serjio Gorga alohida minnatdorlik izhor etdi.
Saida Mirziyoyeva endi asosiy eʼtibor erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga qaratilishi kerakligini qayd etdi.
«Endi oldimizdagi asosiy vazifa - erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, yaʼni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish oʻrinlariga aylantirishdir. AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirishdan koʻzlagan maqsadimiz ham shu», - dedi u.

