Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bilan uchrashib, unga Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazdi. Mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bilan uchrashganidan mamnun ekanini, shuningdek, unga Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazganini maʼlum qildi.
«Oʻzbekiston va Turkiyani doʻstlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bogʻlab turadi. Muloqot chogʻida birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildik.
Janob Prezidentga samimiy qabul, Oʻzbekistonga qaratilayotgan alohida eʼtibor hamda qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

