Saida Mirziyoyeva CCA Tashkent-ni Markaziy Osiyodagi bunday formatdagi birinchi institutsiya deb atadi
Toshkentda koʻrgazma, taʼlim va tadqiqot maydonlariga ega yangi madaniy klaster — CCA Tashkent ochildi.

Saida Mirziyoyeva CCA Tashkent’ni Markaziy Osiyodagi bunday formatdagi birinchi institutsiya deb atadi
Toshkentda koʻrgazma va taʼlim maydonlari, kutubxona, kontsept-stor, shuningdek, uchrashuvlar va tadqiqotlar uchun maydonchalarni birlashtirgan CCA Tashkent Zamonaviy sanʼat markazi oʻz faoliyatini boshladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qilishicha, ushbu majmua Markaziy Osiyoda bunday formatdagi birinchi institutsiyaga aylandi.
Markaz 1912 yilda qurilgan sobiq dizel elektrostantsiyasi binosida joylashgan. Tarixiy obʼyektning meʼmoriy transformatsiyasini Studio KO xalqaro byurosi amalga oshirdi.
CCA Tashkent’da koʻrgazmalar va tadqiqot loyihalari, maʼruzalar va munozaralar, kinonamoyishlar, kontsertlar hamda performanslar oʻtkazish rejalashtirilgan. Shu tariqa, maydoncha zamonaviy madaniy va badiiy faoliyatning turli yoʻnalishlarini birlashtiradi.
Loyihada rassomlar, kuratorlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Saida Mirziyoyevaning soʻzlariga koʻra, markaz oʻzbekistonlik mualliflarni ilgari surish, ularning auditoriyasini kengaytirish va mamlakat tashqarisida tanilishini oshirishga koʻmaklashishi kerak.
U CCA Tashkent’ning ochilishini Oʻzbekistonda xalqaro darajadagi yana bir zamonaviy madaniy maydonchaning paydo boʻlishi deb atadi.
Markazning tashkil etilishi Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi hamda Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining mehnati tufayli amalga oshdi.

