Toshkentda Markaziy Osiyodagi yirik Zamonaviy san’at markazi ochildi
Markaz 1912-yilda qurilgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosida joylashgan bo‘lib, unda ko‘rgazma zallari, kutubxona, ta’lim

Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik Zamonaviy san’at markazi ish boshladi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazi — “CCA Tashkent”ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Markaz 1912-yilda bunyod etilgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosida joylashgan bo‘lib, u yerda ko‘rgazma zallari, kutubxona, ta’lim va tadqiqot maydonlari tashkil etilgan.
Binoning me’moriy o‘zgarishi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi.
Saida Mirziyoyevaning aytishicha, “CCA Tashkent” ijodkorlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zbekistonlik iste’dodlarni yangi auditoriyaga olib chiqishga xizmat qiladi.
Loyiha Prezident tashabbusi hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi sa’y-harakatlari bilan ro‘yobga chiqarildi.

