Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi sanʼat koʻrgazmasida ishtirok etdi
Prezident Administratsiyasi rahbari «ONA. Ona tabiat» koʻrgazmasi juda iliq taassurot qoldirganini maʼlum qildi.

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi sanʼat koʻrgazmasida qatnashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmaniston poytaxti Ashxobodda tashkil etilgan «ONA. Ona tabiat» koʻrgazmasida ishtirok etib, u unda juda iliq taassurot olganini bildirdi.
«Ijodkorlar sanʼat orqali muhim bir gʻoyani aks ettirishgan: tabiat ham xuddi munis onalarimizdek mehrga, gʻamxoʻrlik va ehtiromga loyiq. Bu tuygʻuni, bunday munosabatni farzandlarimiz ongiga ham singdirish juda muhim.
Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamgʻarmasi hamda Haydar Aliyev jamgʻarmasini ushbu ajoyib koʻrgazmaning ochilishi bilan tabriklayman. Ezgu va ibratli tashabbus uchun rahmat!», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

