Sport

“Sabah”, “Atletiko” va “Man Siti”: YCHLda eng qiyin taqvimga ega jamoalar aniqlandi — Opta

Opta statistik portali 2026/27-yilgi Chempionlar Ligasi umumiy guruh bosqichida jamoalarga tushgan raqiblarning kuchini tahlil qilib, eng qiyin taqvimga ega klublarni aniqladi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, Ozarbayjonning “Sabah” klubi eng murakkab taqvimga ega bo‘ldi. Ushbu jamoaning raqiblari Opta Power Rankings reytingida o‘rtacha 92,2 ballni tashkil etadi.

Shuningdek, “Manchester Siti” (91,7 ball) ham eng qiyin taqvimga ega jamoalar ro‘yxatidan joy oldi.

Aksincha, Germaniyaning “Shtutgart” klubi eng qulay taqvimga ega bo‘lib, uning raqiblari Opta reytingida o‘rtacha 88,9 ball bilan baholangan.

Opta bu ko‘rsatkichlarni jamoalarning Power Rankings reytingidagi o‘rtacha bahosi asosida hisoblagan. Ya’ni, ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, klubning liga bosqichidagi raqiblari shunchalik kuchli hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjonning “Sabah” klubida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyev to‘p suradi. Jamoa ilk bor YCHLda ishtirok etmoqda. Qur’a natijalariga ko‘ra, “boyqushlar” guruh bosqichida “Arsenal”, “Barselona”, “Borussiya Dortmund”, “Manchester Yunayted” va “Napoli” kabi kuchli jamoalar bilan bahslashadi.

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov faoliyat yuritadigan “Manchester Siti” esa musobaqaning umumiy guruh bosqichida “Barselona”, “PSJ”, “Sporting”, “Portu”, “Napoli” va “Lans”ga qarshi murakkab o‘yinlarda ishtirok etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.