Rubio: Shavkat Mirziyoyev qoʻlidan orden olish men uchun katta sharaf boʻldi
AQSH davlat kotibi Marko Rubio Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik, yangi ish oʻrinlari yaratish va xavfsizlik masalalarini muhokama qilganini maʼlum qildi. U, shuningdek, prezident qoʻlidan «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini olganini bildirdi.

Rubio: Shavkat Mirziyoyev qo‘lidan orden olish men uchun katta sharaf bo‘ldi
Rubioning aytishicha, uchrashuv chog‘ida u tarixiy Samarqand shahrida «S5+1» formatidagi muloqotni tashkil etgani uchun O‘zbekiston hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirgan.
Muzokaralarda ikki davlatda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilingan. Shuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda «S5+1» diplomatik platformasi doirasidagi o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan.
«Prezident Mirziyoyev qo‘lidan “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini olish men uchun katta sharaf bo‘ldi», - deya ta’kidlagan AQSH davlat kotibi.
«S5+1» formati Markaziy Osiyoning besh davlati - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hamda AQShni birlashtiradi. Ushbu muloqot formati 2015-yil noyabrda Samarqandda ishga tushirilgan.

