AQSh davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga tashrifi 19 oktyabr kuni kutilmoqda
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 19 oktyabr kuni Samarqandda Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻsha kuni u va Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ikki mamlakat oʻrtasidagi Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi raundini oʻtkazadilar.

AQSh davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga tashrifi 19 oktyabrga moʻljallangan
19 oktyabr kuni Samarqandda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «S5+1» formatidagi uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi.
Muzokaralarda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, AQSh davlat kotibi Marko Rubio ishtirok etadi.
Oʻsha kuni Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov va Marko Rubio ikki mamlakat oʻrtasidagi Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi raundini oʻtkazishadi.
Tomonlar strategik sheriklikni chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Avvalroq AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serdjio Gor davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qilishini maʼlum qilgan edi.
Gorning soʻzlariga koʻra, «S5+1» uchrashuvida asosiy eʼtiborni mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, energetika xavfsizligini mustahkamlash va mintaqaning dolzarb masalalari boʻyicha birgalikdagi yechimlarga qaratish rejalashtirilmoqda.

