Mahalliy

Rossiyaga ishlashga borib, moddiy qiyinchilikka tushgan oʻzbekistonliklar qaytarildi

Vladivostokda vaqtincha ishlash davrida moddiy qiyin ahvolga tushib qolgan bir guruh Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Ularga Migratsiya agentligi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aviachiptalar xarid qilingan.

Rossiyaga ishlash uchun borib, moddiy qiyinchilikka duch kelgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi. «Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, amaliy yordam ko‘rsatilganlar orasida A.M., K.M., Y.N. va V.A. ham bor.

Fuqarolarning 13-oktabr kuni «Vladivostok - Toshkent» aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.

Xabarda vatandoshlarga og‘ir hayotiy vaziyatda ko‘mak berilgani va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilingani qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.