Mahalliy

Rossiyada ogʻir ahvolga tushgan toʻrt nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida ogʻir ijtimoiy-moddiy ahvolga tushib qolgan toʻrt nafar Oʻzbekiston fuqarosiga vatanga qaytishda yordam koʻrsatildi. Ularning ikki nafari yosh farzandlari bilan boʻlgan.

Rossiyada ogʻir ahvolga tushib qolgan toʻrt nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

«Dunyo» axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, vatandoshlar Krasnodar oʻlkasida mehnat qilgan va turli qiyin vaziyatlar oqibatida ogʻir ahvolga tushib qolgan.

Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ularga zarur yordam koʻrsatib, aviachiptalar xarid qilgan.

Koʻrilgan choralar natijasida vatandoshlar farzandlari bilan Oʻzbekistonga qaytarilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.