Mahalliy

Vladivostokda og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

To‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida qiyin ahvolga tushib qolgan

Vladivostokda og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Vladivostokda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda. Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish jarayonida moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, A.M, K.M, Y.N, V.Aga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ularga Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachiptalar xarid qilinib, joriy yilning 13 oktyabr kuni «Vladivostok – Toshkent» yo‘nalishida amalga oshiriladigan aviareys orqali vatanga qaytishi ta’minlandi.

Shuningdek, Novosibirskda olti nafar o‘zbekistonlik uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, vatanga qaytish chiptalari taqdim etilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.