Mahalliy

Rossiyada sudlangan Oʻzbekiston fuqarolarining farzandlari vatanga qaytarildi

Rossiyada sudlangan oʻzbekistonlik ayollarning uch nafar farzandi Qozondagi bosh konsulxona diplomatlari saʼy-harakatlari bilan vataniga qaytarildi. Bir yoshdan toʻrt yoshgacha boʻlgan bolalar Mordoviyadagi axloq tuzatish muassasasi huzuridagi bolalar uyida saqlanayotgan edi.

Rossiyada sudlangan Oʻzbekiston fuqarolarining farzandlari vataniga olib kelindi

Rossiyadan Oʻzbekistonga Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatidagi axloq tuzatish muassasalarida jazo oʻtayotgan mamlakat fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari qaytarildi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Bolalar Mordoviyadagi axloq tuzatish muassasalaridan birining qoshidagi bolalar uyida boʻlgan.

TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning «Gazeta»ga maʼlum qilishicha, jami uch nafar bola qaytarilgan: ikki qiz — biri 4 yoshda, ikkinchisi 2,5 yoshda — va bir yoshli oʻgʻil bola.

Tegishli materiallar Rossiyaning vakolatli organlariga topshirilgan.

Bolalarni qaytarishni tashkil etish bilan Oʻzbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi shugʻullandi.

Yoʻlda ularga Oʻzbekistondan xizmat safariga yuborilgan diplomatlar va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohlik qildi.

TIV bosh konsulxona Rossiya axloq tuzatish muassasalari qoshidagi bolalar uylarida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarining farzandlarini qaytarish bilan tizimli ravishda shugʻullanayotganini taʼkidladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.