Mahalliy

Rossiyada jazo o‘tayotgan fuqarolarning voyaga yetmagan farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Jarayon davomida voyaga yetmaganlarning O‘zbekiston fuqarosi ekanligi, mamlakatda yaqin qarindoshlari bor-yo‘qligi va ularning yashash sharoitlari

Rossiyada jazo o‘tayotgan fuqarolarning voyaga yetmagan farzandlari O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatida jazo o‘tayotgan vatandoshlarning voyaga yetmagan farzandlarini O‘zbekistonga qaytarish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bolalarni qaytarish jarayoni Bosh konsulxona diplomatlarining Rossiya vakolatli davlat idoralari bilan olib borgan muzokaralari va hamkorligi, shuningdek, zarur konsullik-huquqiy tadbirlar natijasida amalga oshirildi.

Jarayon davomida voyaga yetmaganlarning O‘zbekiston fuqarosi ekanligi, mamlakatda yaqin qarindoshlari bor-yo‘qligi hamda ularning yashash sharoitlari o‘rganildi. Bolalarni O‘zbekistonga olib kelish uchun kerakli hujjatlar rasmiylashtirilib, vakolatli idoralarga topshirildi.

Natijada Mordoviya Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasasi qoshidagi bolalar uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlar Bosh konsulxona diplomatlari hamda O‘zbekistondan maxsus safarbar etilgan Ichki ishlar vazirligi xodimlari kuzatuvida qabul qilib olindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.