Mahalliy

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar bola vatanga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

29-avgust kuni Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Ushbu tadbir Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) ko‘magida, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Agentlik xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan.

Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga yetib kelgan barcha bolalar belgilangan tartibda o‘zlarining yaqin qarindoshlariga topshirildi. Ularning oilaviy muhitga moslashuvi, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish ishlari yashash manzillari bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davom ettiriladi.

Avvalroq Migratsiya agentligi vatanga qaytishda moliyaviy yoki boshqa jiddiy qiyinchilikka duch kelgan o‘zbekistonliklarni yordam so‘rashni kechiktirmaslikka chaqirgan edi. Agentlik matbuot xizmatining bildirishicha, Rossiya Federatsiyasi hududida ishlash davrida og‘ir moliyaviy ahvol yoki boshqa murakkab vaziyatlar sabab O‘zbekistonga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Iyul oyida Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol va uning to‘rt nafar farzandi vatanga qaytarilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.