Mahalliy

Migratsiya agentligi Rossiyadan qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Migratsiya agentligi Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qilib, ularni vatanga qaytishda moliyaviy yoki boshqa jiddiy muammolarga duch kelgan taqdirda yordam so‘rashni kechiktirmaslikka chaqirdi.

Agentlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Rossiya Federatsiyasida ishlash davrida og‘ir moliyaviy ahvol yoki boshqa murakkab vaziyatlar tufayli O‘zbekistonga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Vakolatxona va hududiy vakillar 24/7 rejimda ishlamoqda. Ular bilan quyidagi raqamlar orqali bog‘lanish mumkin:

Call-markaz: +7 (499) 230-00-32, +7 (499) 230-00-76;

Ishonch telefoni: +7 (925) 045-47-44.

Hududiy vakillar bilan bog‘lanish uchun raqamlar:

Sankt-Peterburg: +7 (951) 680-95-97, +7 (965) 772-70-79

Yekaterinburg: +7 (936) 251-76-21, +7 (922) 186-35-66

Samara: +7 (925) 750-87-57

Novosibirsk: +7 (925) 743-89-03, +7 (932) 327-00-04

Krasnodar: +7 (918) 173-00-09

Vladivostok: +7 (964) 431-16-16

Har bir holat individual tarzda ko‘rib chiqilib, zarur amaliy yordam ko‘rsatiladi. Vatanga qaytish uchun belgilangan tartibda transport xarajatlari qoplab beriladi.

“Biz bilan bog‘laning — sizga yordam berishga tayyormiz”, deyiladi agentlik xabarida.

Joriy yilning iyul oyida Rossiyadan qariyb 600 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani xabar qilingan edi. 2026-yilning dastlabki yetti oyi davomida xorijda murakkab vaziyatga tushib qolgan 2 888 nafar O‘zbekiston fuqarosi Migratsiya agentligi tomonidan vatanga qaytarildi.

Rossiya Chegara xizmati statistik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga ishlashga borganlar soni kamaygan. Rossiyada ishlash uchun bir yilgacha muddatga beriladigan patent rasmiylashtirish talab etiladi. Ishlash maqsadida boruvchilar sonining kamayishiga migratsiya siyosatining qat’iylashishi va patentlar narxining oshishi ta’sir ko‘rsatgan.

Rossiyaga ishlash maqsadida boradigan fuqarolar sonining qisqarishiga Ukrainaga qarshi urush ham ta’sir qilmoqda. Urush boshlanganidan buyon migrantlarni Rossiya armiyasi safiga urushga yollash holatlari bir necha bor kuzatilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.