Mahalliy

Rossiyada bayroq tushirilgan poyandoz sabab ayblanayotgani aytilgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytariladi

Rossiyada bayroq tasviri tushirilgan gilamcha tufayli ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytariladi.

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida o‘zbekistonlik ayol Rossiya davlat bayrog‘ini tahqirlashda ayblanayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Migratsiya agentligi axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Nijniy Novgorod viloyatida o‘tkazilgan reyd chog‘ida politsiya yerda yotgan, Rossiya bayrog‘i tasvirlangan gilamchani ko‘rib qolgan. Shu sababli, ayolga nisbatan “Rossiya davlat bayrog‘ini tahqirlash” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilayotgan edi.

Migratsiya agentligining xabariga ko‘ra, mazkur holat nazoratga olingan. Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi hamda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda voqea yuzasidan barcha holatlarga aniqlik kiritish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Qayd etilishicha, M.S. bilan aloqa o‘rnatilib, unga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

“Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqaroning O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachipta rasmiylashtirildi. Uning joriy yil 6-avgust kuni O‘zbekistonga qaytishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiyada yoki mamlakat tashqarisida jinoyat sodir etib, sudlangan xorijliklar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya fuqaroligi va yashash huquqi berilmasligi xabar qilingandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.