Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarga uyga qaytishga yordam beriladi

Rossiyada ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan va uyiga mustaqil ravishda qaytishga imkoni boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolariga vatanga qaytishda yordam koʻrsatiladi, jumladan, transport xarajatlari qoplab beriladi.
Yordam soʻrab Oʻzbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilish mumkin.
Agentlik yordam soʻrab murojaat qilishni kechiktirmaslikka chaqirdi. Har bir murojaat alohida koʻrib chiqiladi, mutaxassislar esa amaliy yordam koʻrsatishga tayyor. Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi va uning hududiy filiallari tunu kun ishlaydi.
Agar fuqaroning uyga qaytish yoʻl haqini mustaqil toʻlashga imkoniyati boʻlmasa, Oʻzbekistonga qaytish xarajatlari qoplab beriladi.
Bogʻlanish uchun koll-markazning +7 (499) 230-00-32 va +7 (499) 230-00-76 telefon raqamlari, shuningdek, +7 (925) 045-47-44 ishonch telefoni mavjud.
Hududiy vakillar Rossiyaning turli shaharlarida faoliyat yuritmoqda:
Sankt-Peterburg: +7 (951) 680-95-97, +7 (965) 772-70-79;
Yekaterinburg: +7 (936) 251-76-21, +7 (922) 186-35-66;
Samara: +7 (925) 750-87-57;
Novosibirsk: +7 (925) 743-89-03, +7 (932) 327-00-04;
Krasnodar: +7 (918) 173-00-09;
Vladivostok: +7 (964) 431-16-16.
«Biz sizga uyga qaytishingizda yordam berishga tayyormiz», — deyiladi agentlik xabarida.
Bundan avvalroq Shvetsiya va Polsha migratsiya qonunchiligini buzgan 27 nafar deportatsiya qilingan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan charter reysi Toshkentga yetib kelgan edi.

