Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga Vatanga qaytishda yordam beriladi
Rossiyada og‘ir moliyaviy yoki boshqa murakkab vaziyatga tushgan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytish uchun Migratsiya agentligiga murojaat qilishi mumkin.

Rossiyada og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan yoki boshqa murakkab vaziyatlar tufayli O‘zbekistonga qayta olmayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasiga murojaat qilgan fuqarolarga Vatanga qaytishda ko‘mak beriladi. Vakolatxona va agentlikning hududiy vakillari kunu tun ishlaydi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, zarur hollarda amaliy yordam taqdim etiladi.
Agentlikning xabar berishicha, belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytish bilan bog‘liq transport xarajatlari qoplab berilishi mumkin.
Murojaatlar uchun 24 soatlik qo‘ng‘iroqlar markazi +7 (499) 230-00-32 va +7 (499) 230-00-76 raqamlari orqali faoliyat yuritadi. Shuningdek, 24 soatlik ishonch telefoni +7 (925) 045-47-44 raqami orqali ham mavjud.
Agentlikning hududiy vakillari Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Novosibirsk, Krasnodar va Vladivostok shaharlarida faoliyat ko‘rsatadi.
Sankt-Peterburgda +7 (951) 680-95-97 va +7 (965) 772-70-79, Yekaterinburgda +7 (936) 251-76-21 va +7 (922) 186-35-66, Samarada esa +7 (925) 750-87-57 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
Novosibirskda +7 (925) 743-89-03 va +7 (932) 327-00-04, Krasnodarda +7 (918) 173-00-09, Vladivostokda esa +7 (964) 431-16-16 raqamlari ishlaydi.
Agentlik Rossiyada Vatanga qaytish jarayonida moliyaviy yoki boshqa jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan O‘zbekiston fuqarolari va ularning yaqinlarini yordam so‘rab murojaat qilishni kechiktirmaslikka chaqirdi.

