Dunyo

Rossiyada 25 mingga yaqin xorijlik qamoqda saqlanmoqda

Ayni paytda Rossiyadagi axloq tuzatish koloniyalarida 16 nafar AQSH fuqarosi jazo oʻtamoqda. Ularning aksariyati giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlar, kontrabanda, davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish va zoʻravonlik jinoyatlari uchun sudlangan.

Rossiyada qariyb 25 ming xorijiy fuqaro qamoqda saqlanmoqda

Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) direktori Arkadiy Gostev 11-sentabr kuni MDH davlatlari penitensiar xizmatlari rahbarlari kengashining XI yigʻilishida shu haqda maʼlum qildi.

U «Interfaks» agentligi savoliga javob berar ekan, hozir Rossiya axloq tuzatish koloniyalarida 16 nafar AQSH fuqarosi jazo oʻtayotganini aytdi.

Gostevning soʻzlariga koʻra, amerikaliklarning aksariyati giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi, kontrabanda, davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish, zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyatlar, shuningdek, jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar uchun sudlangan.

FSIN rahbari Rossiya jinoiy-ijro tizimi muassasalarida saqlanayotgan xorijliklarning umumiy soni haqida ham maʼlumot berdi. Uning aytishicha, ayni paytda Rossiyadagi tegishli muassasalarda qariyb 25 ming nafar xorijiy fuqaro saqlanmoqda.

Ularning katta qismini MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. Taxminan 4,5 ming nafar xorijlik tergov hibsxonalarida, yana 14,1 ming nafari esa axloq tuzatish koloniyalarida saqlanmoqda.

FSIN maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada ozodlikdan mahrum etish muassasalarida saqlanayotgan xorijliklar soni 2024-yildan buyon kamaygan.

Arkadiy Gostev bu tendensiyani, avvalo, mamlakatda jinoyatchilik darajasining umumiy pasayishi bilan izohlagan.

Rossiya qamoqxonalari va koloniyalarida saqlanayotgan AQSH fuqarolari masalasi Moskva va Vashington munosabatlaridagi muhim mavzulardan biri boʻlib qolmoqda. Soʻnggi yillarda ikki davlat bir necha bor mahbuslar almashinuvini amalga oshirgan.

Shuningdek, Rossiya va AQShda sudlangan ikki mamlakat fuqarolarining taqdiri bilan bogʻliq masalalar diplomatik muloqotlarda muntazam ravishda koʻtarib kelinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.