Dunyo

Rossiya va Ukraina uruşdan keyingi xavfsizlikni muhokama qiladi

Rossiya va Ukraina vakillari 10–11-noyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabida AQŞ vositaçiligida muzokara ötkazadi. Uçraşuvda uruşdan keyingi xavfsizlik, keskinlikni yumşatiş, gumanitar taşabbuslar va tinçlikka erişiş yölidagi navbatdagi qadamlar muhokama qilinadi.

Rossiya va Ukraina urushdan keyingi xavfsizlik masalasini muhokama qiladi

AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 3-noyabr, seshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida muzokaralarning yangi raundi haqida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, uchrashuv ishchi guruhlar darajasida o‘tkaziladi. Muzokaralar AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlari doirasida tashkil etilmoqda.

«Muhokamalar urushdan keyingi xavfsizlik, keskinlikni pasaytirish, gumanitar tashabbuslar va tinchlik sari keyingi qadamlarga qaratiladi», - deb yozdi Uitkoff.

Maxsus vakilning ma’lum qilishicha, amerikalik muzokarachilar shu hafta Bryusselda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari bilan ham uchrashadi.

Bryusseldagi muloqotda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari, Yevropaning urushdan keyingi xavfsizlik tizimi va Ukrainani tiklashga iqtisodiy ko‘mak berish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Uitkoff avvalgi uchrashuvlarda erishilgan natijalarni mustahkamlashga umid bildirdi. Uning ta’kidlashicha, maqsad kelajak avlodlar uchun uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlaydigan keng qamrovli va barqaror tinchlik kelishuviga erishishdir.

«Biz kelajak avlodlar uchun uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlaydigan keng qamrovli va barqaror tinchlik kelishuvi yo‘lida Kiev, Oslo va Sankt-Peterburgda erishilgan natijalarni mustahkamlashga umid qilyapmiz», - dedi u.

Oktabr oyida Uitkoff Osloda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashgan edi. Shundan so‘ng u Sankt-Peterburgga borib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazdi.

DW xabarida qayd etilishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasida AQŞ vositachiligidagi avvalgi muzokaralar raundi 2026-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan. Bu AQŞ va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanishidan sal oldinga to‘g‘ri kelgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.