Dunyo

“Rossiya TDTga qöşilsa, taşkilot içki energiyasini yöqotadi” - siyosatşunos

Qozoğiston prezidenti Töqayev Rossiyani Turkiy Davlatlar Taşkilotiga qöşiş masalasini körib çiqişni taklif qildi. Moskvaga ham bu taklif maʼqul keldi. Biroq tahlilçilar fikriça, Rossiyaning TDTga yaqinlaşuvi turkiy davlatlarning mustaqil birlaşuviga va taşkilot içidagi özaro işonçga taʼsir qilişi mumkin.

“Rossiya TDTga qöşilsa, taşkilot içki energiyasini yöqotadi” - siyosatşunos

- Nega Qozoğiston prezidenti “TDT plyus” formatiga Rossiyani taklif qildi?

Anvar Yöldoşev:

[Putinning matbuot kotibi] Peskov ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Rossiyani Turkiy Davlatlar Tashkilotiga taklif qilish masalasi tashkilot sammitidagi eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Tashabbusga qarshi chiqqanlar Rossiya slavyan davlati ekani va uning turkiy dunyoga mansub emasligini asos qilib keltirdi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev esa Rossiyaning tashkilotga qo‘shilishi TDT nufuzini oshirishini taʼkidladi. Uning asosiy dalili shuki, Rossiyada ham turkiy tillarda so‘zlashuvchi millionlab aholi yashaydi. Jumladan, tatarlar, boshqirdlar, tuvaliklar va boshqa turkiy xalqlar Rossiyaning turli hududlarida istiqomat qiladi.

Shunga qaramay, men Rossiyaning TDTga taklif etilishini ehtimoldan yiroq deb hisoblayman. To‘qayevning bu fikrini muhokama qilish mumkin, biroq Rossiyaning Turkiy Davlatlar Tashkilotiga qo‘shilishi masalasi jiddiy savollar tug‘diradi. Chunki Rossiyada turkiy xalqlar yashashi mamlakatning o‘zini turkiy davlatga aylantirmaydi. Shu bois slavyan davlati bo‘lgan Rossiyaning TDT tarkibiga qo‘shilishi tashkilotning mohiyati va maqsadlariga qanchalik mos kelishi — bahsli masala.

Kamoliddin Rabbimov:

Mening kuzatishlarimga ko‘ra, dunyodagi qudratli hokimiyat markazlari turkiy dunyoning birlashishiga qatʼiy qarshi. Bu faqat Rossiya yoki Xitoyga tegishli emas. G‘arbda ham Turkiya, xususan, Erdo‘g‘an boshchiligidagi turkiy dunyoning qudratli geosiyosiy o‘yinchiga aylanishini va integratsiyalashuvini istamaydigan kuchlar bor. Avvalo, turkiy dunyoning uyg‘onishi, birlashuvi va mustaqil global kuchga aylanishini Rossiya ham, Xitoy ham istamaydi. Mintaqadagi ayrim davlatlar ham bunga qarshi bo‘lishi mumkin. Bugun turkiy dunyoda madaniy integratsiyadan iqtisodiy integratsiyaga o‘tish jarayoni kuzatilmoqda.

Vaqt o‘tishi bilan madaniy va iqtisodiy hamkorlik yanada rivojlansa, bu tabiiy ravishda harbiy-strategik hamkorlikka ham yo‘l ochadi. Chunki turkiy davlatlar o‘rtasida xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi hamkorlik allaqachon sezilarli darajada kuchaygan. Bu borada Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida ham muayyan platformalar mavjud, biroq hamkorlik ko‘proq ikki tomonlama munosabatlar orqali rivojlanmoqda.

Bundan bir hafta oldin Toshkentda turkiy davlatlar muhandislarining yirik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Turkiya va boshqa turkiy davlatlarning mudofaa sanoati mahsulotlari namoyish etildi. U yerda jiddiy loyihalar bilan tanishish mumkin edi. Xususan, Turkiyada ishlab chiqarilayotgan tanklar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va NATO standartlariga mos zamonaviy harbiy texnikalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Ularning texnik imkoniyatlari va parametrlari namoyish etildi, shu bilan birga, turli muzokaralar ham olib borildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.