Dunyo

Rossiya NATO davlatlariga gibrid uslubida dron va raketa uchirishni rejalashtirmoqda — Polsha bosh vaziri

Rossiya NATO davlatlariga dron va raketalarni gibrid usulda uchirishni rejalashtirmoqda — Polsha bosh vaziri

Rossiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan NATO davlatlariga qarshi “gibrid uslubida” dron va raketa zarbalari berishni rejalashtirmoqda.

“Kremlning asosiy maqsadi, maxsus xizmatlar tomonidan to‘plangan dalillar bilan tasdiqlanganidek, Ukraina iqtisodiyoti va logistikasini yo‘q qilish, NATOga a’zo davlatlarga hujum qilish orqali uning qat’iyatini zaiflashtirishdan iborat”, dedi Tusk.

U buni “eng ehtimoliy ssenariy” deb atadi. Ukrainaga yordam yetkazishda muhim tranzit davlat hisoblangan Polshada so‘nggi paytlarda bir qator hodisalar yuz berdi. Jumladan, suv ta’minoti tizimlari, energetika infratuzilmasi va shifoxonalarga qarshi bir nechta kiberhujumlar amalga oshirildi. Kiyevdan Varshavaga yo‘l olgan poyezdga dron hujumi uyushtirildi. Rossiya raketasi iyul oyi oxirida Polshaning sharqiy qismiga qulab tushdi.

“NATOning sharqiy qanotidgi bir yoki bir nechta davlatlar hududiga dronlar yoki boshqa turdagi raketalar uchib kirishi, hatto vayronagarchiliklar keltirib chiqarishi xavfi mavjud”, dedi Tusk.

Polsha bosh vaziriga ko‘ra, ehtimoliy hujumdan so‘ng Rossiyaning rasmiy bayonoti “bu hodisa tasodif bo‘lganini va NATO qandaydir javob choralarini ko‘rishiga hech qanday sabab yo‘qligini” ta’kidlashdan iborat bo‘ladi.

Tuskning bayonotlari Ukrainaga tashrif buyurishidan bir necha soat oldin yangragan. Bu Rossiya yaqinda Ukrainaga, jumladan, Polsha chegarasiga yaqin hududlardagi nishonlarga qarshi hujumlarni kuchaytirgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. 15-sentyabr kuni esa NATO harbiy samolyotlari Litva osmonida Rossiyaga tegishli dronni urib tushirdi.

“Ukrainaning oltita yirik shahriga uzoq davom etadigan, tez-tez va kuchli hujumlar uyushtirilishi kutilmoqda. Hujumlar davomida omborlar, mamlakat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi mahsulotlar hamda so‘nggi haftalarda yaqqol guvohi bo‘lganimizdek, temiryo‘l infratuzilmasi vayron qilinishi mumkin”, dedi Polsha bosh vaziri.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.