Ukraina Rossiyaga qarshi ilk bor Britaniya dronlaridan foydalandi
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, aprelda Xerson oblastiga zarba berish uchun Malloy Aeronautics kompaniyasining T-150 og‘ir droni qo‘llanilgan.

Ukraina birinchi marta Rossiyaga qarshi Britaniya dronlarini qo‘lladi.
Times nashrining xabar berishicha, Ukraina Rossiya hududidagi nishonlarga hujum qilish uchun ilk bor Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan.
Nashrning yozishicha, Volgograd va Yaroslavldagi ob’yektlar nishon qilib olingan.
Manbalarga ko‘ra, aprel oyida Xerson viloyatiga zarba berishda Malloy Aeronautics kompaniyasining T-150 og‘ir droni ishlatilgan.
Uzoq masofadagi nishonlarga hujum qilish uchun Callen-Lenz kompaniyasining Nyan dronlari hamda Britaniyaning boshqa bir kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dronlardan foydalanilgan.
Harbiy tahlilchilar Rossiya Britaniya ishlab chiqaruvchilariga qarshi javob choralari ko‘rishi mumkinligini taxmin qilishgan, biroq NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ehtimolini juda past baholaganlar.

