Ronaldu ikki yarim yil içida ilk bor het-trikka erişdi
Tarixiy natijaga yana 15 gol qoldi. Uning keyingi öyini Toşkentda «Paxtakor»ga qarşi bölişi kutilmoqda.

Ronaldu ikki yarim yil ichida ilk bor het-trikka erishdi
«An-Nasr» - «Al-Xolud» - 5:3 (2:2)
Dominges, 16 – 0:1. Anjelo, 24 – 1:1. Mane, 38 – 2:1. Essomba, 45+2 – 2:2. Ronaldu, 66 – 3:2. Ronaldu, 72 – 4:2. Ronaldu, 81 – 5:2. Dominges (penaltidan), 90+4 – 5:3.
Kriştianu Ronaldu faoliyatidagi 1000-gol sari yaqinlashishda davom etmoqda. Portugaliyalik hujumchi 30-oktabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida «An-Nasr» safida «Al-Xolud»ga qarshi o‘yinda (5:3) het-trik qayd etdi.
«Al-Xolud» bilan uchrashuv Ronaldu uchun omadsiz boshlangan edi. 41 yoshli forvard birinchi bo‘limning o‘zida raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi, biroq har ikki gol ofsayd sabab bekor qilindi. «An-Nasr» ham jiddiy qarshilikka duch keldi: mehmonlar 16-daqiqada Julien Domingesning goli bilan hisobni ochdi. Anjelo va Sadio Mane o‘z gollari bilan mezbonlarni oldinga olib chiqdi, ammo tanaffus arafasida Loik Essomba muvozanatni tikladi — 2:2.
Ikkinchi bo‘limda esa Kriştianu sahnaga chiqdi. 66-daqiqada Joau Felish jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni yerlatib, amalda bo‘sh darvoza qarshisida turgan vatandoshiga yetkazdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, shu hujum tandemi yana ish berdi: Feliks bu safar to‘pni havodan oshirdi, Ronaldu ikkinchi qavatda ustun kelib, bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi.
81-daqiqada u o‘yindagi uchinchi golini ham urishga muvaffaq bo‘ldi. Tezkor qarshi hujumda Mane yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, ammo zarba berish o‘rniga yanada qulayroq holatda turgan jamoadoshiga pas berdi. Kriştianu to‘pni himoyachilar orasidan o‘tkazib, aniq zarba yo‘lladi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Dominges penaltini aniq ijro etdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:3.
Ronaldu uchun bu faoliyatidagi 67-het-trik bo‘ldi: u klublar safida 57 o‘yinda uchta gol urgan, yana o‘nta het-trik Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatiga to‘g‘ri keladi. Bungacha u bir o‘yinda uch bor gol urishi 2024-yil mayida «Al-Vahda»ga qarshi o‘yinda kuzatilgandi (6:0).
Shu kuni Felish ham yuqori darajadagi o‘yin namoyish etdi. 26 yoshli yarimhimoyachi to‘rtta golga assistentlik qildi: ikkitasi Ronalduga, Anjelo va Manega bittadan. Joau joriy mavsumdagi o‘nta o‘yinda jami uch gol urib, yetti golli uzatma muallifi bo‘lgan.

