Dunyo

RMTI direktori Nyu-Yorkda xalqaro iqlim hamkorligining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi

23-24 sentyabr kunlari Nyu-Yorkdagi Garvard klubida, BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida Nizomiy Ganjaviy xalqaro markazining «Umumiy kelajak yoʻlida ishonch, hamkorlik va global barqarorlikni tiklash» mavzusidagi 37-Oliy darajali uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbir ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov ishtirok etdi. Tadbir […] maydoniga aylandi.

STMT direktori Nyu-Yorkda xalqaro iqlim hamkorligining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi

23-24 sentyabr kunlari Nyu-Yorkdagi Garvard klubida, BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida Nizomiy Ganjaviy xalqaro markazining «Umumiy kelajak yoʻlida ishonch, hamkorlik va global barqarorlikni tiklash» mavzusidagi 37-Oliy darajali uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (STMT) direktori Eldor Aripov ishtirok etdi.

Uchrashuv maydonchasi xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish, iqlim va energetika xavfsizligi, shuningdek, global boshqaruvda raqamli texnologiyalarning roli masalalari boʻyicha fikr almashish joyiga aylandi.

Global parchalanish sharoitida iqlim hamkorligiga bagʻishlangan sessiyada soʻzga chiqqan E. Aripov kuchayib borayotgan siyosiy tarqoqlik fonida iqlim oʻzgarishi davlatlarning oʻzaro bogʻliqligini yanada yaqqolroq koʻrsatayotganini taʼkidladi.

Uning baholashicha, iqlim muammolari nafaqat xavf-xatarlar manbai, balki mintaqaviy hamkorlik uchun muhim ragʻbat hamdir. Bu, ayniqsa, suv, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan Markaziy Osiyoda yaqqol namoyon boʻlmoqda.

U keltirgan maʼlumotlarga koʻra, Markaziy Osiyoda harorat dunyodagi oʻrtacha koʻrsatkichdan ikki baravar tez koʻtarilmoqda, muzliklar maydoni esa soʻnggi oltmish yil ichida taxminan 30 foizga qisqardi. Shu bilan birga, muzliklar mintaqa suv resurslarining qariyb 90 foizini taʼminlab, qishloq xoʻjaligi, energetika va millionlab odamlarning hayoti bogʻliq boʻlgan Amudaryo va Sirdaryoni suv bilan toʻyintiradi.

Demografik va iqtisodiy oʻsish resurslarga boʻlgan ehtiyojni oshirmoqda. Prognozlarga koʻra, 2050 yilga borib Markaziy Osiyo aholisi 100 million kishiga yetadi. Suv, oziq-ovqat va energiyaga boʻlgan talab ortib boradi, iqlim oʻzgarishi esa ularning mavjudligini kamroq prognoz qilinadigan qilib qoʻyadi.

Ushbu muammolarni hal qilish yoʻllari haqida gapirar ekan, E. Aripov mintaqaviy hamkorlikning ahamiyatini qayd etdi. U BMT umumiy iqlim maqsadlarini belgilashini, biroq ularga erishish har bir mintaqaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olishni talab qilishini tushuntirdi. Bu, ayniqsa, muhimdir, chunki bir nechta davlatlarni qamrab olgan daryo havzalari va muzlik tizimlarini saqlab qolish kelishilgan harakatlarsiz mumkin emas.

STMT direktorining fikricha, mintaqaviy formatlar, ayniqsa, global muloqot qiyinlashgan joylarda juda zarur. Ular amaliy hamkorlikni saqlab qolish va umumiy vazifalarni hal qilish imkonini beradi.

E. Aripov iqlimni moliyalashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. U xalqaro koʻmak koʻp jihatdan alohida mamlakatlar va loyihalarga yoʻnaltirilganini, vaholanki iqlim xavflari bir vaqtning oʻzida bir nechta davlatga taʼsir qilishini koʻrsatib oʻtdi.

Shu nuqtai nazardan, ekspert tabiiy resurslarni saqlash va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha qoʻshma loyihalar uchun moliyaviy vositalarni rivojlantirishga chaqirdi. Bunday yondashuv, uning soʻzlariga koʻra, umumiy daryo havzasining holatiga bogʻliq boʻlgan barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olish imkonini beradi.

STMT direktori iqlim oʻzgarishiga moslashishni asosiy ustuvor yoʻnalishlardan biri deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, rivojlanayotgan davlatlar uchun uzoq muddatli energetika oʻtishi bilan bir qatorda kundalik vazifalarni hal qilish ham muhimdir: dehqonlarni suv bilan taʼminlash, aholini toshqin va qurgʻoqchiliklarga tayyorlash, odamlarning daromad manbalarini saqlab qolish.

Yakunda E. Aripov geosiyosiy kelishmovchiliklar xalqaro hamkorlikni falaj qilmasligi kerakligini taʼkidladi. Suv resurslarini boshqarish, ekologik monitoring va iqlim oʻzgarishiga moslashish barqaror muloqot sohalari boʻlib qolishi lozim.

Faxriy ishtirokchilar qatorida Latviya va Chernogoriyaning amaldagi prezidentlari, shuningdek, Bolgariya, Xorvatiya, Serbiya, Sloveniya, Finlyandiya, Bosniya va Gertsegovina, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Chexiya, Ruminiya, Gretsiya va boshqa davlatlarning sobiq prezidentlari va bosh vazirlari bor edi.

Ochilish marosimida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus, BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, BMT Tsivilizatsiyalar alyansi Oliy vakili Migel Anxel Moratinos, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YEIK) ijrochi kotibi Tatyana Molchan, Xitoy hukumatining Yevropa ishlari boʻyicha sobiq maxsus vakili U Xunbo qutlov soʻzlari bilan chiqish qildilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.