Sport

“Real Madrid” yozgi transferlar bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

“Real Madrid” yozgi transferlar bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

“Real Madrid” yozgi transfer oynasi yopilishidan avval yangi futbolchi sotib olmaslikka qaror qildi.

Ispaniyalik jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, Madrid klubi yozgi transferlar davrida boshqa kelishuvlarni amalga oshirmaydi.

Avvalroq “Real Madrid” yarim himoya va markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Klub yana bir yarimhimoyachi hamda chap oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachi sotib olish variantini ko‘rib chiqqan. Himoyani kuchaytirish uchun “Inter” futbolchisi Alessandro Bastoni asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olingan.

Biroq klub bu ikki pozitsiyani ham yangi futbolchi bilan kuchaytirmaydigan bo‘ldi.

“Real Madrid” yozgi transferlar davrida bir qator yirik bitimlarni amalga oshirdi. Ular orasida Mark Kukurelya, Ibrohima Konate, Bernardu Silva, Denzel Dyumfris, Karlos Espi va Yan Diomande bor.

Diomande klub tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Uning transferi bonuslar bilan birga 140 million yevrogacha yetadi.

Shuningdek, Madrid klubi “Rasing”dan 19 yoshli yarimhimoyachi Serxio Martinesni ham tarkibiga qo‘shib oldi. Biroq futbolchi dastlab klubning ikkinchi jamoasi — “Kastilya” safida faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etadigan futbolchilar ham bo‘lishi mumkin. Eduardo Kamavingaga Angliya Premyer Ligasi klublari qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchi hozircha Madridni tark etish niyatida emas. Raul Asensio esa sotuvga qo‘yilgan, ammo u ham Ispaniya poytaxtida qolishi ehtimoli mavjud.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.