Sport

Diomande “Real” tarixidagi eng qimmat transferga aylandi — Mundo Deportivo

Diomande "Real" tarixidagi eng qimmat transferga aylandi – Mundo Deportivo

Madridning "Real" klubi Kot-d'Ivuar terma jamoasi futbolchisi Yan Diomande uchun jami 230 million yevro sarflaydi. Bu xarajatlarga futbolchining maoshi va soliq to'lovlari ham kiradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri ma'lum qildi.

Transferning o'zi "Real"ga 130 million yevroga tushadi. Shundan 105 million yevro qat'iy belgilangan summa bo'lib, qolgan 25 million yevro turli bonuslar shaklida to'lanadi.

Klub Diomande bilan 2033-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan yetti yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi "Real"da soliqlarni hisobga olmaganda, yiliga taxminan 7 million yevro sof maosh oladi. Yetti yil davomida uning maoshi uchun klub g'aznasidan jami 98 million yevro to'lanadi. E'tiborlisi, ushbu summaning teng yarmi, ya'ni 49 million yevrosi to'g'ridan-to'g'ri soliq xizmatiga yo'naltiriladi.

Shu tariqa, "Real"ning ushbu kelishuv uchun qiladigan jami xarajatlari qariyb 230 million yevroga yetadi. Bu esa ushbu xaridni Madrid klubi tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylantirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.