Sport

“Real” uchun yozgi transferlar oynasi yakunladi

"Real" uchun yozgi transferlar oynasi yakunlandi

Madridning "Real" klubi joriy yozgi transfer oynasida boshqa futbolchi sotib olmaydi. Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, endilikda "qirollik klubi" rahbariyati bor e’tiborini murabbiylar shtabi rejasiga kirmagan futbolchilarni sotish va ular bilan xayrlashishga qaratadi.

Germaniyaning "RB Leypsig" jamoasidan 125 million yevro (qo‘shimcha bonuslarsiz) evaziga xarid qilingan vinger Yan Diomande madridliklarning joriy mavsumdagi so‘nggi yirik transferi bo‘ldi. Rahbariyatning fikricha, ushbu transferdan so‘ng Joze Mourinyo boshchligidagi jamoaning tarkibi 95 foizga shakllanib bo‘lgan. Yangi o‘yinchilarning xarid qilinishi endi faqat favqulodda holatlarda — jamoa yetakchilaridan biri kutilmaganda sotib yuborilsa yoki kimdir jiddiy jarohat olgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, Madrid grandi bu yozda tarkibni jiddiy ravishda yangilab, keng ko‘lamli transferlarni amalga oshirdi. Xususan, jamoa safiga Diomandedan tashqari Mark Kukurelya, Denzel Dyumfris, Ibrohim Konate, Bernardu Silva va Karlos Espi kabi nomdor futbolchilar kelib qo‘shildi. Boshqa tomondan esa, jamoaning tajribali futbolchilari David Alaba va Daniel Karvaxal, shuningdek, Dani Sebalyos, Fran Garsiya, Gonsalo Garsiya, Sesar Palasios, Mario Martin hamda Fran Gonsales kabi qator o‘yinchilar klubni tark etdi. Franko Mastantuono esa doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida boshqa jamoaga ijaraga berildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.