Rang, raqam va QR-kod: hasharotlarga qarshi vosita qanday tanlanadi?
Uyda tarakan, chumoli yoki qandalar paydo boʻlganda, xaridor uchun birinchi masala –hasharot turini aniqlash emas, unga qarshi samarali vositani tezroq topish. Doʻkonda bir-biriga oʻxshash oʻnlab aerozollar orasida mahsulotning nimaga moʻljallangani tushunarli boʻlmasa, tanlov ham qiyinlashadi.

Rang, raqam va QR-kod: hasharotlarga qarshi vosita qanday tanlanadi?
Shu sababli insektitsidlar bozorida mahsulotning tarkibi va hajmi bilan bir qatorda, uning vazifasini xaridorga qay tarzda tushuntirish ham katta ahamiyatga ega. Rossiyada ishlab chiqarilgan «BOZ» maishiy insektitsidlari liniyasida mahsulotlar aynan shu mezon asosida taqdim etiladi.
Uyda tarakan, chumoli yoki qandalar paydo bo‘lsa, xaridor do‘konda uzoq izlanib o‘tirmaydi. Unga muammosiga mos vosita kerak bo‘ladi. Shuning uchun maishiy insektitsidlar sotiladigan javonda mahsulotning nimaga qarshi mo‘ljallangani bir qarashdayoq ayon bo‘lishi muhim.
Bu talab ishlab chiqaruvchi va distribyutor zimmasiga yana bir vazifa yuklaydi: assortimentni nafaqat kengaytirish, balki uni xaridor uchun tushunarli shaklda taqdim etish.
Rossiyada ishlab chiqarilgan «BOZ» maishiy insektitsidlari liniyasi ham aynan shu tamoyil asosida shakllantirilgan. Kompaniya mahsulotlarni O‘zbekiston bozorida distribyutorlar orqali kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Ko‘k, yashil va jigarrang: «BOZ» ballonlaridagi raqamlar nimani bildiradi?
«BOZ» liniyasida mahsulotlarni ajratish uchun rang va raqamlardan foydalanilgan.
Ko‘k rangdagi BOZ №1 universal vosita sifatida, yashil rangdagi №2 qandalarga, jigarrangdagi №3 esa chumolilarga qarshi mo‘ljallangan.
Barcha mahsulotlar 600 millilitrlik aerozol ballonlarda chiqariladi. Uzun va egiluvchan quvurcha vositani yoriqlar, mebel tutashmalari va plintus bo‘ylab qo‘llash imkonini beradi.
Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, vositalar hidsiz bo‘lib, ko‘rsatmaga muvofiq ishlatilganda yuzalarda iz qoldirmaydi. Formulalar piretroidlarga asoslangan. Insektitsid vositalardan foydalanishda mahsulot yorlig‘idagi ko‘rsatmalarga amal qilish va xavfsizlik choralariga rioya etish zarur.
Ballondagi QR-kod nima beradi?
Kod orqali xaridor DIXLOFOS.RF platformasidagi mahsulot sahifasiga o‘tib, vosita haqida qo‘shimcha ma’lumot olishi va uning haqiqiyligini tekshirishi mumkin.
Kompaniya O‘zbekistondan keladigan murojaatlarni mahalliy distribyutorlarga yo‘naltirish imkoniyatini ham taklif qilmoqda. Shu tariqa mahsulot javonda sotilishi bilan cheklanmay, xaridor bilan raqamli aloqa kanaliga ham ega bo‘ladi.

