Ramzan Qodirov chechenlarni soqollarini qisqartirishga chaqirdi

Ramzan Qodirov chechenlarni soqollarini qisqartirishga chaqirdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov xavfsizlik idoralari rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda respublikadagi erkaklarni uzun soqol qo‘yish va kalta shim kiyishni odatga aylantirmaslikka chaqirdi. U yoshlar aynan shu holatga ergashayotganini ta’kidladi.
“Ular uzun soqol va shimlarni shimarib olishni tushunarsiz bir urfga aylantirib oldi. Yosh avlod esa ularga taqlid qilishni boshlamoqda. Mening ularga murojaatim shuki, soqollaringizni qisqartiring va dinga muvofiq ravishda o‘stiring”, dedi Qodirov.
Qodirov, shuningdek, erkaklar soqollarni “g‘alati urf”ga aylantirib yuborganidan shikoyat qildi. Uning aytishicha, bunday kishilar masjidlarga bormaydi. Ular ko‘chalarda kechasi-yu kunduzi sang‘ib yuradi va yoshlarning fikrini chalg‘itadi.
Shu bilan birga, mintaqa rahbari ayrim ayollar ham kiyinishda arab uslubini qabul qilib, yuzlarini paranji bilan to‘liq bekitayotganini qayd etdi. U ayollarni milliy an’analarga mos ravishda kiyinishga chaqirdi.
“Ularni ham arabcha kiyinish uslubini qabul qilmasdan, islomga muvofiq kiyinishga undash kerak. Bu yerda hech qachon burqa kiyilmagan”, deya qo‘shimcha qildi u.
Ta’kidlanishicha, u urushni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi ommaviy bayonotlariga qaramay, aslida Kremlning Ukrainadagi manfaatlariga qo‘shilmaydi. Shuningdek, Qodirov aslida vaziyatni juda yaxshi tushunishi va “rus dunyosi” uchun o‘z odamlarini qurbon qilish istagida emasligini bildirilgan.

