Sport

Rahim Sterling ikki yilga qamalishi mumkin — The Sun

**Rahim Sterling ikki yilga qamalishi mumkin – The Sun xabariga ko‘ra**

Angliya terma jamoasining sobiq vingeri va to‘rt karra mamlakat chempioni Rahim Sterling xavfli haydash, avtomobilida taqiqlangan azot oksidi gazini saqlash hamda yo‘l-transport hodisasidan so‘ng tahlil topshirishdan bosh tortgani uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri ma’lum qildi.

Voqea 28-may kuni Xempshir grafligidagi M3 trassasida sodir bo‘lgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Sterling o‘zining Lamborghini rusumli avtomobilida harakatlanayotib, yo‘l chetidagi to‘siqlarga urilgan. Ushbu YTHda boshqa avtomobillar zarar ko‘rmagan va jabrlanganlar yo‘q. Futbolchiga nisbatan xavfli haydash, avtomobil salonida taqiqlangan gazni saqlash va hibsga olingandan so‘ng alkogol yoki giyohvand moddalar bo‘yicha tahlil topshirishdan bosh tortish ayblovlari qo‘yilgan. Agar uning aybi sudda tasdiqlansa, u ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Hodisadan keyin hibsga olingan va garov evaziga ozodlikka chiqarilgan futbolchi 15-sentyabr kuni Beyzingstok shahri sudida ko‘rsatma beradi.

Ma’lumot uchun, Rahim Sterling Niderlandiyaning “Feyenoord” klubini tark etgach, hozirda erkin agent maqomida. Faoliyati davomida u “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Arsenal” kabi klublarda o‘ynagan. “Siti” safida to‘rt marta Angliya chempionligini, shuningdek, Angliya Kubogi va besh marta Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. Sterling Chempionlar Ligasida to‘rtta turli ingliz klubi safida maydonga tushgan tarixdagi yagona futbolchi hisoblanadi. U Angliya terma jamoasi tarkibida 82 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urgan hamda ikkita Yevropa (2016, 2020) va uchta jahon chempionatida (2014, 2018, 2022) ishtirok etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.