Sport

Rafinya Neymar va Rivaldoning natijasini yangiladi

Braziliyalik futbolchi Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi “Aston Villa”ga qarshi bahsda dubl muallifiga aylandi.

Rafinya Neymar va Rivaldoning ko‘rsatkichini ortda qoldirdi

“Barselona”ning braziliyalik hujumchisi Rafinya Chempionlar Ligasi doirasida “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda (3:0) dubl qayd etib, kataloniyaliklar tarixidagi musobaqa to‘purarlari reytingida 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Hozirda 29 yoshli futbolchining “Barselona” safida ushbu turnirdagi gollari soni 23 taga yetdi. Shu natija bilan u Robert Levandovski bilan tenglashdi, shuningdek, afsonaviy braziliyaliklar Rivaldo (22) va Neymarni (21) ortda qoldirdi.

Ayni paytda Rafinyadan yuqorida faqat Luis Suares (25 ta gol) hamda musobaqaning mutlaq rekordchisi Lionel Messi (120 ta gol) bor.

Bundan tashqari, braziliyalik futbolchi yana bir yutuqqa erishdi. Rafinya “Barselona” tarkibidagi umumiy gollari bo‘yicha Ronaldinyo bilan tenglashdi — har ikkisi hisobida 94 tadan gol bor. Ta’kidlash joiz, Rafinya bu natijaga 190 ta o‘yinda erishgan bo‘lsa, Ronaldinyoga buning uchun 207 ta uchrashuv kerak bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.