Rafinya Messining natijasini takrorladi

Rafinya Messining natijasini takrorladi
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi futbolchisi Rafinya Ispaniya La Ligasining 4-turida “Valensiya”ga qarshi o‘yinda (5:0) gol urdi. Braziliyalik futbolchi 50-daqiqada kiritgan bu gol uning joriy mavsumdagi oltinchisi bo‘ldi.
Shu tariqa, 29 yoshli Rafinya La Liganing dastlabki to‘rt turida 6 ta gol urib, Lionel Messining noyob natijasini takrorladi. Argentinalik hujumchi bunday ko‘rsatkichga 2012/13 va 2013/14-yilgi mavsumlarda erishgan. E’tiborlisi, XXI asrda Ispaniya chempionatida bungacha hech bir futbolchi bunday sermahsullikni qayd eta olmagan.
To‘rt tur yakuniga ko‘ra, Rafinyaning hisobida jami 6 ta gol va 1 ta golli uzatma bor. “Barselona” esa yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rafinya 2022-yilda Angliyaning “Lids” klubidan 58 million yevro evaziga “Barselona”ga transfer qilingan edi.

