«MU»da superkambek, «Barsa» va «PSJ»da yirik ğalaba
Yamal Mbappeni, Rafinya Neymar va Rivaldoni ortda qoldirdi, Keyn Ronalduning rekordini zabt etolmadi.

«MU»da superkambek, «Barsa» va «PSJ»da yirik g‘alaba
3-noyabr oqshomida YEÇL umumiy guruh bosqichi 4-turi doirasida 9 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «PSJ» ketma-ket 4 o‘yinda ham g‘alaba qozonib, turnir jadvalini boshqarmoqda, «Barselona» «Aston Villa»ga qarshi qiyin kechishi kutilgan o‘yinda yirik g‘alabaga erishdi, «Bavariya» ketma-ket ikki durangdan keyin Madridda g‘alaba qozonib, kuchli sakkizlikka kirib oldi.
**«Barselona» – «Aston Villa» 3:0**
Yamal, 7 (1:0). Rafinya, 52 (2:0). Rafinya, 64 (3:0)
**«Barselona»:** Garsiya, Kubarsi, Martin, Kanselu, Farinyas (Balde, 82), Pedri (Gavi, 70), Rodri (Bernal, 46), Fermin Lopes (de Yong, 70), Gordon, Yamal, Rafinya (Gabriel Jezus, 70)
**«Aston Villa»:** Sudzuki, Lindelyof, Pau Torres, Matsen, Keş, Kamara, Gomes (Barkli, 62), Manzambi (Goretska, 62), Buendiya (Mbay, 62), Makginn (Abraham, 77), Jekson (Alisson, 77)
**Ogohlantirishlar:** Rafinya, 45 – Matsen, 11. Buendiya, 31. Jekson, 45
«Barselona» bu mavsumda nisbatan kamtarona raqiblarni osonlik bilan tor-mor etib kelmoqda va istaganicha gol urmoqda. Shu bilan birga, top raqiblarga qarshi o‘yinlarda qiynalmoqda: kataloniyaliklar bir hafta ichida «PSJ» va «Real»ga mag‘lub bo‘ldi. Unai Emeri boshqaruvidagi «Aston Villa» ham raqobatbardosh jamoa edi. Ammo «Barsa» inglizlarga qarshi o‘yinda qiyinchilikka uchramadi.
O‘yinda ko‘p narsa «Villa» himoyasidagi qo‘pol xatodan keyin hal bo‘ldi. O‘yinning yettinchi daqiqasidayoq himoyadan chiqishda Gomes ehtiyotsizlik bilan yon tomonga pas berdi va to‘pga ega chiqqan Yamal olis burchakni aniq nishonga oldi.
Bu bilan u YeÇLda 20 yoshgacha urilgan gollar soni bo‘yicha Mbappeni ortda qoldirdi (13 ga qarshi 14). Umuman, 19 yoshli vinger bu mavsumni o‘ta yuqori notada o‘tkazmoqda: u «Barselona» va milliy jamoa safida 18 o‘yinda gol+pas bo‘yicha allaqachon 17+12 ko‘rsatkichini qayd etmoqda. Shundan YeÇLda to‘rt o‘yinda uch gol urdi va to‘rt golga uzatma berdi.
«Aston Villa» himoyachilari esa «Barselona»ning yuqori pressingidan saboq chiqarishmadi. Mehmonlar himoyadan chiqishda yerda o‘ynashda davom etishdi va 26-daqiqada ikkinchi gol o‘tkazilishi mumkin edi.
Bu safar darvozabon Sudzuki raqibning uch futbolchisi qurshovida qolib ketdi va to‘pni uzoqlashtira olmadi.

