Sport

Mavsumning ilk klasikosi oldidan: kim qanday holatda?

«Real»ga qanday omillar yordam berişi mumkin? Kataloniyaliklarning muammolari qançalik jiddiy?

Mavsumning ilk klasikosi oldidan: kim qanday holatda?

«PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatga qaramay, «Barselona» hanuz dahshatli raqib bo‘lib qolmoqda. La Ligada bunday tomoshabop o‘yin ko‘rsatadigan boshqa jamoa yo‘q. Chempionlar ligasida ham hammasi nazorat ostida. Kataloniyaliklar «PSJ» bilan o‘yinga qadar dastlabki ikki turda «Feyenoord» va «Galatasaroy» darvozasiga jami to‘qqiz gol urishgandi.

Bu paytda esa Mourinio hali «Real» o‘z o‘yinini qurib olgani yo‘q. Jamoa YeChLda hozircha yo‘qotishsiz ketayotgan bo‘lsa-da, «Roma»ga qarshi o‘yinda og‘ir ahvolga tushib qolgandi va faqat so‘nggi daqiqalardagi kambek evaziga mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirgandi. La ligada esa allaqachon «Betis» va «Atletiko»dan mag‘lub bo‘ldi. Sevilyadagi o‘yinda madridliklar mag‘lubiyatdan qutulib qolishi ham mumkin edi (Karlos Espining supergoli bekor qilindi, Kilian Mbappe penaltini ura olmadi), derbida esa raqibga shunchaki kuchi yetmadi. Antonio Ryudigerning o‘yin oxiridagi goli amalda hech narsani o‘zgartirmadi.

Endi esa oldinda klasiko. Agar «Barselona» g‘alaba qozonsa, «Real» bilan oradagi farqni to‘qqiz ochkoga yetkazadi va bu juda ko‘p. Agar «Real» g‘alabani o‘ziga olsa, unda chempionlik poygasida intriga yuzaga keladi. Shu bilan birga, klasiko arafasida turnir jadvalida ushbu ikki jamoa o‘rtasida joylashgan «Atletiko» foydasiga xizmat qiladigan durang ham qayd etilishi mumkin.

Mavsum startida «Barselona» «Real»dan kuchliroqdek taassurot qoldirmoqda. Qolaversa, bu mavsumdagi dastlabki klasikoga «Kamp Nou» mezbonlik qiladi. Bu o‘yinga Hans-Diter Flik shogirdlari favorit sifatida bormoqda. Madridliklar bu o‘yinda yirik hisobda yutqazishini taxmin qilayotganlar ham kam emas.

Ammo «Real» foydasiga bo‘lgan bir necha omillar bor. Bu avtomatik ravishda «Real» yutadi degani emas, o‘yinda istalgan narsa ro‘y berishi mumkin. Shunga qaramay, Joze Mourinio jamoasini yaqqol autsayder sifatida ko‘rish va uning yirik hisobdagi mag‘lubiyatini kutish — kamida qisqa o‘ylash hisoblanadi.

«Real» foydasiga xizmat qiladigan birinchi omil — Jozening o‘zi. Bu uning Madrid klubiga qaytgandan keyingi ilk klasikosi bo‘ladi va u bunday o‘yinlarga tashnaligiga shubha yo‘q. Mourinioning taktik uslublari eskirib qolgani va u trendlardan ortda qolgani haqida istaganchalik gapirish mumkin. Bu ma’lum darajada to‘g‘ri fikr. Ammo u hanuz jamoani alohida katta o‘yinga tayyorlashni biladi. U doim buni yaxshi uddalagan va hozir ham buni esdan chiqarmagani aniq.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.