Mourinyo: “Messi biz uchun haqiqiy bosh og‘rig‘i edi”

Mourinyo: "Messi bizga katta muammo tug'dirardi"
"Real Madrid"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo argentinalik hujumchi Lionel Messining "Barselona"dagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, o'sha davrda Messi madridliklar uchun eng katta bosh og'rig'i bo'lgan.
"U biz uchun haqiqiy bosh og'rig'i edi. Uni to'xtatish uchun nima qila olardik? Birinchi o'yindanoq tushungandimki, biz "Barselona" kabi o'ynab, ulardan yaxshiroq bo'la olmaymiz. Ularni mag'lub etish uchun biz maydonda ham, uning tashqarisida ham butunlay boshqacha bo'lishimiz kerak edi.
Biz bitta kubok, bitta chempionat va bitta Chempionlar Ligasi uchun kurashish ma'nosida futbol maydonidagi murosasiz raqiblar edik. O'ylaymanki, bu ajoyib raqobat bo'lgan", deya Mourinyoning so'zlarini keltirmoqda Ole nashri.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2003-yildan 2021-yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan. Argentinalik yulduz Kataloniya klubi safida jami 520 ta o'yinda maydonga tushib, o'z nomiga 474 ta gol hamda 216 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

