Sport

Hansi Flik Mourinyo hamda “Real” haqida gapirishni istamadi

Hansi Flik Mourinyo va "Real" haqida gapirishdan bosh tortdi

"Barselona" bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik Ispaniya La Ligasining 2-turidan o'rin olgan "Elche"ga qarshi o'yin oldidan Joze Mourinyoning "Real" boshqaruviga kelishi borasidagi savolga javob berishni xohlamadi.

"Siz "Barselona"da ishlayotgan uch mavsum davomida "Real"ni Karlo Anchelotti, Xabi Alonso va Alvaro Arbeloa kabi mutaxassislar boshqardi. Endi esa sizga raqobatchi sifatida jamoaga Joze Mourinyo keldi. Uning qo'l ostidagi "Real"dan bu mavsum nimalarni kutyapsiz?" degan savolga Flik shunday javob berdi:

"Ertaga biz "Real" bilan o'ynamaymiz-ku, to'g'rimi? Yaxshisi, mendan "Elche" haqida so'rang", dedi Flik.

Ma'lumot uchun, "Elche" hamda "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 24-avgustga o'tar kechasi soat 00:30 da boshlanadi. La Liganing 10-turidan o'rin olgan mavsumdagi ilk "El-Klasiko" esa 25-oktyabr kuniga belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.