“ ‘Real’ shunday klubki, bizga o‘zlari qo‘ng‘iroq qilib, ‘qachon yetib boray?’ deyishi kerak” — Mourinyo

"Real" shunday klubki, unga o'tish uchun futbolchi o'zi qo'ng'iroq qilib, "qachon yetib boray?" deb so'rashi kerak," — dedi Joze Mourinyo.
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodri transferining amalga oshmay qolganiga izoh berdi.
"Men u bilan bir necha bor suhbatlashdim va "Real Madrid" unga juda jozibador taklif berdi. Shuningdek, bizning "Manchester Siti" bilan ham aloqalarimiz yaxshi edi. Klub Rodri bilan bog'lanib, o'z taklifini taqdim etdi. Biroq u ikkilanib qoldi, uning bu ishonchsizligi oxir-oqibat menda ham "bunday futbolchi bizga kerakmi?" degan shubhani uyg'otdi.
"Real" shunday klubki, unga o'tish uchun kimdir futbolchini ko'ndirib o'tirishi shart emas. Bizga o'zlari qo'ng'iroq qilishadi va faqat bitta savolni berishadi: "qachon yetib boray?" Bu "Barselona"ning g'alabasimi? G'alabalar maydonda bo'ladi. G'alabalar bu — sovrinlar. Haqiqiy g'alabalar o'sha yerda qozoniladi," dedi portugaliyalik mutaxassis.
Ma'lumot uchun, "Barselona" uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng Rodri transferini yakunladi. Kataloniya klubi "Manchester Siti"ning 30 yoshli yarimhimoyachisi bilan 2030-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. OAVda tarqalgan xabarlarga ko'ra, transferning kafolatlangan qismi 60 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, "shaharliklar" bonuslar hisobidan yana 11 million yevro olishi mumkin.

